Biz O‘zbekistonning boy madaniyati, betakror tabiati va sayyohlik imkoniyatlarini dunyoga targ‘ib qilish maqsadida ushbu saytni yaratdik.
Maqsadimiz – mamlakatimizning turizm salohiyatini oshirish, sayyohlar uchun qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etishdir.
Agar siz O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga, go‘zal tabiiy maskanlariga yoki diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurgan bo‘lsangiz, taassurotlaringiz va tavsiyalaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin.
Maqbara ko‘k gumbazi, bejirim koshinlari va o‘yma naqshlari bilan ajralib turadi. Ichkaridagi qabr toshlari soddaligi bilan e’tiborni tortadi, ammo haqiqiy qabrtoshlar er ostida joylashgan.
Go‘ri Amir maqbarasi
buyuk sarkarda Amir Temurning qabri joylashgan me’moriy majmua bo‘lib, Samarqand shahrida joylashgan. Ushbu maqbara Temuriylar sulolasining asosiy dafn maskani hisoblanadi.
Shohizinda majmuasi
– Oʻzbekistonning eng mashhur meʼmoriy yodgorliklaridan biri bo‘lib, Samarqand shahrida joylashgan. Bu muqaddas ziyoratgoh o‘zining betakror gumbazlari, nafis koshinlari va qadimiy maqbaralari bilan mashhur.